AsosiyJamiyat

“Sport haftaligi” davom etmoqda

'“Sport haftaligi” davom etmoqda'ning rasmi

Yoshlarni jismoniy rivojlantirish, sog`lom turmush tarzini tashkil etish, o`quvchi-yoshlar o`rtasida sportning ommaviylashgan va olimpiya turlarini rivojlantirish, yuqori toifali sportchilarni tayyorlash, yosh avlodning sog`lig`ini mustahkamlash maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi joriy yil hisobidan sportga doir ko`plab loyihalarni amalga oshirdi.

Jumladan, joriy yilning 10-20 sentyabr kunlari Respublikamizning barcha hududlarida “Sport haftaligi”ni o`tkazish ham ana shunday samarali loyihalardan biri deyish mumkin. Haftalik davomida yoshlar o`rtasida sportning voleybol, badiiy gimnastika, velosiped sport turi bo`yicha marafon, futbol, yugurish, mini futbol, kurash, basketbol kabi bir qator turlari bo`yicha musobaqalar o`tkazilib kelinmoqda. “Sport xalqning o`ziga ishonchini oshiruvchi, jipslashtiruvchi jabhadir, uning o`zi emas, albatta, undagi g`alabalar millatni g`ururlantiradi” – shiori ostida o`tkazilayotgan haftalik yoshlarning qiziqishiga sabab bo`lmoqda. Haftalik 20 sentyabrgacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar