Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin rasmiy tashrif bilan Rossiya Federasiyasiga etib keldi, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
U Vladivostok shahrida o`tkazilayotgan sharqiy mamlakatlar iqtisodiy forumida ishtirok etadi. 3 kunlik tadbirda Si Szinpindan tashqari, Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe va Janubiy Koreya Bosh vaziri Li Nak Yon ham ishtirok etmoqda. Mazkur tadbirdan so`ng Rossiya va Osiyo davlatlari iqtisodida sezilarli o`zgarishlar bo`lishi kutilmoqda.






