AsosiyDunyo

Kataloniya Ispaniyadan ajralib chiqish arafasida

'Kataloniya Ispaniyadan ajralib chiqish arafasida'ning rasmi

Ispaniyaning Barselona shahrida yuz minglab odamlar milliy bayramni nishonlash uchun ko`chalarga yig`ilishdi, deya xabar berdi Moya-planeta.ru nashri.

“Diada” deb nomlangan xotira kunini o`tkazish maqsadida to`planganlar Kataloniyani mamlakatdan ajralib chiqishini taklif qilishgan. Karles Puchdemont davrida mintaqani mustaqil bo`lishi to`g`risidagi urinishlar bekor bo`lgandan so`ng, yana so`rovnoma o`tkazilgan. Katalonlarning 46,7 foiz “Ha” javobini bergan bo`lsa, 44,9 foizi bunga rozi bo`lmagan. Namoyishlarda 400 ming kishi ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar