Salvadorning sobiq prezidenti Antonio Sakaga nisbatan 10 yillik qamoq jazosi belgilandi, deya ma`lum qilmoqda Segodnya.ua nashri.
Unga korrupsiya ayblovi qo`yildi. U mamlakatning korrupsiya bilan bog`liq jinoyatlar uchun jazolangan birinchi sobiq prezidenti sifatida qayd etildi. Saka 2016 yil oktyabrda korrupsiya va davlat mablag`larini xarjlab yuborish gumoni bilan hibsga olingan. U prezident vakolati tugashigacha hisob raqamida turgan 5 mln. dollar qaerdan olinganini izohlab berolmagandan keyin noqonuniy boyishda ayblangan.






