1

Ohangaronda IIB tergovchisiga pora taklif qilishdi

Jinoyat 16.09.2018, 17:38
Ohangaronda  IIB tergovchisiga pora taklif qilishdi

Ota o`g`liga nisbatan tayinlanishi mumkin bo`lgan jazoni yumshatish uchun Toshkent viloyati Ohangaron shahar ichki ishlar bo`limi tergovchisiga 200 dollar pora taklif qildi.

Gap shundaki, joriy yilning 27 avgust kuni kech soat taxminan 2 larda namanganlik haydovchi U.S boshqaruvidagi “Lasetti“si bilan surxondaryolik N.Z ni urib yuboradi. Oqibatda og`ir tan jarohati olgan 47 yoshli N.Z voqea joyida vafot etadi.

“Guliston – Bo`ka – Angren – Qo`qon – Andijon – O`sh“ yo`lining Ohangaron shahar hududida ro`y bergan mazkur holat yuzasidan shu kuni Ohangaron shahar IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan fuqaro U.S ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atiladi.

Kuni kecha – 14 sentyabr kuni soat taxminan 8:30 larda o`zini ayblanuvchi U.S ning otasi M.A, deb tanishtirgan fuqaro tergovchi X.F ning xizmat xonasiga kelib, o`g`li U.S ga jinoyat ishi bo`yicha engillik qilish, avtoulovni jarima maydonchasidan chiqarish, haydovchilik guvohnomasidan mahrum etmaslik va o`g`liga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llamaslik uchun tergovchiga 200 dollar berishni taklif qilgan.

O`zAning yozishicha, ushbu holat yuzasidan tergovchi X.F rahbariyatiga xabar qilib, fuqaro M.A ga nisbatan pora taklif qilgani uchun tegishli tartibda chora ko`rishlarini so`ragan.

Viloyat IIB tezkor xodimlari va Ohangaron shahar prokuraturasi xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan fuqaro M.A tergovchi X.F ga 200 dollar pora berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. Ayni paytda mazkur holat bo`yicha tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1