O`zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova “Bu tog`lar” qo`shig`iga klip suratga oldi...

Anglaganingizdek, suratga olish ishlari tog`-yon bag`rlarida bo`lib o`tdi!

Klip trek yo`nalishida bo`lib, unda sozandalar hamda “Navro`z” raqs ansambli raqqosasi suratga tushishdi.



Albatta, bu jarayon san`atkor va uning ijodiy jamoasiga oson kechgani yo`q, deydi klip rejissyori Jonrid Sagdiev.

Ma`lumot o`rnida, tasvirga olish ishlari Surxondaryo va Chorvoq tog`larida bo`lib o`tdi.

Yurtimiz tog`lari aks etgan mazkur klip tez kunlarda tayyor bo`lishi kutilmoqda!






