Oliy ta`lim muassasalarida oshirilgan to`lov-kontraktni to`lash muddati ham uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq kirish imtihonlari natijasi bo`yicha etarli ball to`plamagan va oshirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qish istagini bildirgan abiturientlarga to`lov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018 yil 31 oktyabr etib belgilandi“, - deyiladi xabarda.






