O`zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov o`zining qisqa ta`tillarini Toshkent yaqinidagi Qaynarsoy maskanida o`tkazgani ma`lum bo`ldi. Bu haqida Islom Karimov fondi xabar qildi.
“Odatda, yillik mehnat ta`tillari bir haftadan oshmasdi, shunda ham bu yil bo`yi olinadigan ikki-uch kunlik qisqa tanaffuslar edi. Biz o`sha kezlar toqqa, Toshkent yaqinidagi Qaynarsoy maskaniga chiqardik. U kishi mahalliy manzaralarni yaxshi ko`rar, yurtimiz tabiati go`zalligini benazir deb hisoblar edilar”, - Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimovaning intervyulardan birda xabar qilgan edi.
Qaynarsoy Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida Sijak posyolkasi yaqinida joylashgan.
Xabarda aytilishiga ko`ra, Islom Karimovning ushbu fotosurati Toshkent viloyatidagi Qaynarsoyda 2016 yil olingan.







