AsosiyJamiyat

Bosh vazir Yunusobod tumani hokimining qarorini bekor qildi

'Bosh vazir Yunusobod tumani hokimining qarorini bekor qildi'ning rasmi

Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalariga bag`ishlangan sayyor yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi, deb yozmoqda O`zA.

Majlisda Yunusobod tumanidagi “Matonat” mahalla guzari binosi qurilishi uchun er maydoni ajratish to`g`risidagi Yunusobod tumani hokimi tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilindi.

Qurilish ishlari to`xtatilib, qurilish maydoni hududi obodonlashtirilmoqda, uning o`rnida bolalar maydonchasi bunyod etilyapti. Ushbu ishlarning nihoyasiga 5 kun muhlat berilgan.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 11 sentyabr kuni Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov katta miqdordagi pora bilan qo`lga olingani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar