AsosiyJamiyat

Yoshlar teleradiokanaliga yangi direktor tayinlandi

'Yoshlar teleradiokanaliga yangi direktor tayinlandi'ning rasmi

Nozimjon Mo`minov O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Yoshlar teleradiokanaliga vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar berdi.

Nozimjon Mo`minov bunga qadar Yoshlar teleradiokanali AJ direktorining birinchi o`rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Nozimjon Mo`minov 1976 yil Farg`ona viloyatida tug`ilgan. Farg`ona davlat universiteti, O`zbekiston prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.

Eslatib o`tamiz, oldinroq Yoshlar telekanaliga rahbarlik qilib kelgan Madamin Safarov O'zbekiston 24 telekanaliga direktor etib tayinlangan edi.

    Boshqa yangiliklar