Yaponiya hukumati "“Trami" to`foni tufayli mamlakatning turli hududlarini Okinava prefekturasi Naxa shahri bilan bog`lovchi 198 ga yaqin aviaparvozni bekor qildi, deb xabar berdi NHK telekanali.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda "“Trami" Okinava prefekturasi janubidagi Miyako orolidan 400 kilometr olisda kuzatilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, "Trami" to`foni 29 sentyabr kuni tongda Yaponiyaga etib kelish ehtimoli bor.






