Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yil 29 sentyabr kuni soat 21:25da olingan ma`lumotga asosan, joriy yilning 28 sentyabr kuni viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16 nafar va 29 sentyabr kuni 7 nafar, jami 23 nafar fuqaro ovqatdan zaharlanish «O`tkir gastroenterit» tashxisi bilan yotqizilgan.
Ularning so`zlariga ko`ra, joriy yilning 27 sentyabr kuni Qarshi shahridagi «Baxtli oila» to`yxonasida to`y marosimida turli oziq-ovqat mahsulotlarini aralash iste`mol qilishgan.






