Daniyaga tegishli kema Arktika orqali sinov sayohatini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Daniya bayrog`i ostida harakatlangan kema sinov safarini amalga oshirib, Arktikaning Rossiyaga tegishli hududini muvaffaqiyatli kesib o`tdi. Bu tajriba muzlikning erishi kelajakda Evropa va Sharqiy Osiyo o`rtasida yangi suv yo`lagi paydo bo`lishi ehtimoli borligini isbotladi.
Muzlatilgan baliqlarni olib ketayotgan kema 22 avgustda Rossiyaning port shahri Vladivostokni tark etganidan so`ng, muzliklar orqali juma kuni Sankt Peterburg shahriga etib kelgan.
“Sinovning ahamiyati biz uchun katta, kemamiz notanish hudud va muhitda belgilangan ishni qiyinchiliklarsiz amalga oshirdi” degan jahondagi eng yirik suvda yuk tashuv kompaniyalardan biri Moller-Maersk kompaniyasi texnik xodimi Palle Laursen.
Shimoliy Dengiz yo`lagi Sharqiy Osiyodan Evropaga qatnaydigan kemalar uchun Kanada orqali o`tadigan shimoliy-g`arbiy yo`lakdan ko`ra ancha qisqa bo`lishi kutilmoqda. Chunki, iqlim o`zgarishlari tufayli Shimoliy Dengiz yo`lagidagi muzliklarning tez orada erish ehtimoli katta.
Ekspertlarning hisob kitoblariga ko`ra, bu yangi yo`nalish Sharqiy Osiyodan Evropaga Suvaysh kanali orqali boriladigan 21000 km.lik masofani 12800 km.ga qisqartirish mumkin. Shu tariqa yuk tashishga ketadigan vaqt 10-15 kunga kamayadi.






