AsosiyJamiyat

Toshkentda "Moskva kunlari" bo`lib o`tadi

'Toshkentda "Moskva kunlari" bo`lib o`tadi  'ning rasmi

O`zbekiston va Rossiya poytaxtlari orasida savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash maqsadida, Toshkent shahar hokimiyati va tadbirkorlari vakillaridan iborat delegasiya ayni damda Moskvada bo`lib turibdi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

"Tashrif davomida delegasiya vakillariya Moskvaya meriya va Moskva Hukumatiga tashrif buyurishdi. U erda yo`l-transport tizimini boshqarish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo`lga qo`yish borasida, shuningdek ushbu yilning Oktyabr oyida “Toshkentda Moskva kunlari” tadbirini o`tkazish haqida kelishib olindi", - deyilgan xabarda.

Tashrif davomida delegasiya vakillari Moskva Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, “Delovaya Rossiya” umumrossiya tadbirkorlar tashkiloti rahbariyati bilan uchrashib hamkorlik haqida kelishib olishdi.

Delegasiya tarkibida bo`lgan tadbirkorlar tayyor to`qimachilik mahsulotlarini etkazib berish borasida bir qator eksport shartnomalari imzolashdi. Undan tashqari “Energomash-xolding” df “Girs-global” kompaniyalari bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarishga kelishib olindi.

Delegasiya xokimiyata i predprinimateley Tashkenta zaklyuchaet kontrakt v Moskve

    Boshqa yangiliklar