«O`zavtosanoat» AJ raisining Asaka shahridagi «GM Uzbekistan» zavodiga tashrifi chog`ida ishlab chiqarishdagi bir qator xodimlarning ishlarida jiddiy kamchilik va xatolar borligi aniqlandi, ular ko`p vaqt o`z mansablarida bo`lishgan va faoliyatlari davomida ishlab chiqarishni oldinga siljishiga yo`l bermagan va ziyon ko`rishiga sabab bo`lgan.
«O`zavtosanoat» AJ matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu xodimlar ishdan ozod etildi, ularning o`rniga avtosanoatning yangi konsepsiyasini qo`llab quvvalaydigan, avvalgi xodimlarning xatolari ustida tegishli choralar ko`ra oladigan hamda oldiga qo`yilgan vazifani amalda xaqqoniy va sifatli bajara oladigan malakali va intiluvchan mutaxassislar hozircha vaqtinchalik vazifa bajaruvchi sifatida tayinlandi.
Yangi tayinlovlar:
1. Azimov Alisher Mirabbasovich – umumiy masalalar bo`yicha bosh direktor o`rinbosari v.b., 1975 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, iqtisodchi-menedjer, tizimdagi ish tajribasi 7 yil;
2. To`xtaboev Akramjon Xoshimjonovich – ishlab chiqarish bo`yicha bosh direktor v.b., 1973 yilda Namangan shahrida tug`ilgan, muhandis-tizimtexnigi, tizimdagi ish tajribasi 23 yil;
3. Akbarov Kozimjon Komiljonovich – kommunal xizmat ko`rsatish va kapital qurilish direksiyasi direktori v.b., 1965 yilda Farg`ona shahrida tug`ilgan, muhandis-mexanik, tizimdagi ish tajribasi 10 yil;
4. Abdurahmonov Dilshodbek Avazovich – muhandislik mahsuloti va etkazib beruvchilar sifati direksiyasi direktori v.b., 1981 yilda Andijon shahrida tug`ilgan, avtomatlashtirish va texnologik jarayonlarni boshqaruvi, tizimdagi ish tajribasi 13 yil;
5. Turaqulov Elyor Baxtiyorovich – global xaridlarni boshqarish bo`yicha direktor v.b., 1987 yilda Andijon shahrida tug`ilgan, menedjer, tizimdagi ish tajribasi 8 yil;
6. Mamadaliev Alisher Muradilovich – muhandislik mahsuloti va etkazib beruvchilar sifati direksiyasi direktori o`rinbosari v.b., 1988 yilda Andijon shahrida tug`ilgan, iqtisodchi, tizimdagi ish tajribasi 8 yil;
7. Mamadjanov Anvarjon Mamadjanovich – transport orqali yuk tashish bo`limi boshlig`i v.b., 1972 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan, muhandis iqtisodchi, tizimdagi ish tajribasi 8 yil;
8. Murodov Akmal Boyqobilovich – ish boshqaruvchi v.b., 1979 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, menedjer, tizimdagi ish tajribasi 6 yil;
9. Shonazarov Shavkat Shuhratovich – presslash sexi boshlig`i v.b., 1990 yilda Navoi shahrida tug`ilgan, mashinosozlik muhandisi, tizimdagi ish tajribasi 4 yil;
10. Musaev Abduraxim Pataxovich – bosh direktor maslahatchisi v.b. – markaziy yuklash maydoni rahbari, 1969 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, iqtisodchi, yurist, tizimdagi ish tajribasi 8 yil.
Kompaniya milliy avtosanoatimiz rivojiga va takomillashuviga hissa qo`shishga intiladigan iste`dodli yoshlar bilan hamisha muloqotga tayyorligini eslatgan.






