"O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo`lovchilarga qulaylik yaratish, yo`nalishlarni zamonaviy, tezyurar poezdlar bilan ta`minlash, vagonlarni modernizasiya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday vagonlardan bir nechtasi Toshkent—Buxoro—Toshkent yo`nalishidagi "Sharq" tezyurar elektropoezdiga ulandi. Bu haqda "Xalq so`zi" xabar berdi.
Aytish joizki, mazkur vagonlar bir qator qulayliklarga ega. Xususan, oldingi vagonlar 36 o`rinli edi. Yangi vagonlar esa 48 yo`lovchiga mo`ljallangan. Sovutish va isitish tizimlariga ega. Tashqi shovqindan himoyalangan. Qo`l yuvish xonasi hozirgacha foydalanib kelinayotgan vagonlarga nisbatan keng.
Bunday vagonlar bosqichma-bosqich ishlab chiqariladi.










