AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi markaz tashkil etildi

'O`zbekistonda yangi markaz tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta`lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan Maktabgacha ta`lim vazirligi negizida Axborot va pedagogika texnologiyalari innovasion markazi davlat muassasasi shaklida tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Axborot va pedagogika texnologiyalari innovasion markaziga quyidagi vazifalar yuklndi:

• ta`lim-tarbiya jarayoniga ilg`or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish, Maktabgacha ta`limni boshqarish axborot tizimining joriy etilishini ta`minlash;

• ta`lim-tarbiya jarayonida, maktabgacha tarbiya tizimining pedagog va rahbar xodimlari tarkibini o`qitish jarayonida foydalanish hamda turli telekommunikasiya kanallari orqali tarqatish uchun media-kontent tayyorlash va ishlab chiqarish;

• maktabgacha ta`lim muassasalari uchun o`quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash va ishlab chiqarish;

• maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish bo`yicha ilmiy tadqiqotlar o`tkazish;

• maktabgacha ta`limni boshqarishning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;

• maktabgacha ta`lim tizimiga joriy etilayotgan ta`lim usullari va dasturlarini tahlil qilish va samaradorligini baholash.

    Boshqa yangiliklar