AsosiyDunyo

S`yomka vaqtida quturib ketgan tuyaning jurnalistlarni toptashiga bir bahya qoldi (Video)

'S`yomka vaqtida quturib ketgan tuyaning jurnalistlarni toptashiga bir bahya qoldi (Video) 'ning rasmi

Keniyada teleko`rsatuvni suratga olish jarayonida birdan quturib ketgan tuya telejurnalist Tuku Kariuki (Thuku Kariuki) va uning yordamchisini bosib ketishiga bir bahya qoldi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Hodisa Samburu qo`riqxonasida, har yili o`tkaziladigan tuyalar poygasini suratga olayotganda ro`y bergan. Jurnalistlar tuya mingan holda videoga tushmoqchi bo`lgan. Cho`kkalab turgan tuyaning ustiga minayotganda, jonivor shahd bilan o`rnidan turib, ustidagi jurnalist va uning yordamchisini irg`itib yuborgan. O`zi esa hurkib ketganidan suratga olish maydonchasidan qochib ketgan.

Boshqa yangiliklar