Kiev shahrining meri Vitaliy Klichko butunjahon boks yig`ilishi (WBC)ning 56-kongressi ochilishiga o`zag xos tarzda tayyorgarlik ko`rdi, deb xabar bermoqda Segodnya nashri.
Klichko boks kongressining ochilish marosimida afsonaviy Bittlz guruhining jahonshumul xitini kuylashga qaror qildi va bu borada repetisiya tadbirlarini olib bordi.
Ta`kidlab o`tilishicha, boks kongressi ilk bor Ukrainada o`tkazilmoqda. Bu safargi yig`ilish 30 sentyabrdan 5 oktyabrgacha davom etadi.