AsosiyDunyo

Malayziya Bosh vaziri pensiya yoshi 95 yoshgacha cho`zilishini aytib hazillashdi

'Malayziya Bosh vaziri pensiya yoshi 95 yoshgacha cho`zilishini aytib hazillashdi'ning rasmi

Malayziyaning to`qson uch yoshli Bosh vaziri Maxatxir Muhammad Londonda vatandoshlari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda g`alati hazil qildi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

“Malayziyada endilikda pensiyaga chiqish yoshi 95 yoshdir. Men o`ylaymanki, pensiyaga etib olaman”, – dedi Malayziya siyosatdoni.

Turgan gap, butun zal Bosh vazirning ushbu hazilidan gurra kulib yubordi.

O`zining yoshi haqida gapirar ekan, Maxatxir Muhammad: “Odamni kasallik o`ldiradi, mehnat emas. Nafaqat mushaklarni, balki miyani ham muntazam shug`ullantirib turish kerak”, – deya ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, Malayziyada pensiya yoshi ayollar uchun ham, erkaklar uchun ham – 60 yoshdir.

    Boshqa yangiliklar