AsosiyDunyo

“Ajal devorlari soyasi” – dunyodagi eng xavfli kitob

'“Ajal devorlari soyasi” – dunyodagi eng xavfli kitob'ning rasmi

Yaqin oshkor bo`lgan ma`lumotlarga ko`ra, kitoblar nafaqat do`st va ko`makchi, balki ularda katta xavf ham bo`lishi mumkin ekan.

Dunyodagi eng xavfli kitob deb hisoblanayotgan kitobda vahimali bitiklar yoxud sehr-jodu yozilmagan. Lekin uni qo`lga olmagan ma`qul.

Gap shundaki, Robert Kedzi ismli olim 86 sahifadan iborat “Ajal devorlari soyasi” nomli kitob yaratdi. Kitob sahifalari eski gulqog`ozlardan iborat. Ushbu qog`ozlar inson salomatligi uchun o`ta xavflidir: 150 yillik yoshga teng qog`ozlar mishyak bilan to`yingan.

AQShdagi bir xonadonda olilaning erkatoyi bo`lmish qizaloqning xonasi devorlarini ta`mirlashadi va uni eski gulqog`ozlar bilan bezashadi. Ammo qizcha xonasiga kirishi bilan holdan toyib, hastalanaveradi. Uydan uzoqlashishi bilan esa qizchaning ahvoli yaxshilanadi. Ota-onaning boshi qotadi, mutaxassislar esa elka qisishdan nariga o`tishmaydi.

Ushbu xonadon haqidagi xabarni o`qigan Robert Kedzi darhol voqea joyiga keladi va eski gulqog`ozlarni o`rganib chiqadi. Kedzi o`sha paytda qog`ozning zaharlilik darajasini o`rganayotgan edi. Shunday qilib, Kedzi gulqog`ozlarda yuqori darajadagi mishyak zahari borligini aniqlaydi.

Hozirda ushbu kitob Michigan universitetida saqlanmoqda. Kitobni rezina qo`lqopda ushlash tavsiya qilinadi.


    Boshqa yangiliklar