Toshkent shahar Yunusobod tumanida Xotin-qizlar qo`mitasi qoshida “Ayollar ijtimoiy ko`maklashuv maslahat markazi”ning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Markaz faoliyati o`z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi ma`naviy-ahloqiy muhitga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi boshqa holatlarni qo`zg`atuvchi oilaviy va shaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta aniqlash va oldini olish choralarini ko`rishga yo`naltirilgan.
Markazda mutaxassis, psixolog, yurist xonasi, onalar va bolalar xonalari faoliyat yuritib, u erga murojaat qilgan ayollarga malakali mutaxassislar tomonidan zaruriy yordamlar ko`rsatiladi.






