AsosiyJamiyat

Toshkentda ikkinchi marta otliqlar paradi bo`lib o`tadi (foto)

'Toshkentda ikkinchi marta otliqlar paradi bo`lib o`tadi (foto)'ning rasmi

Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida 1 oktyabr kuni soat 16:00 da o`qituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan otliqlar paradi bo`lib o`tdi.

Tadbirda ingliz, nemis, qirg`iz, qorabayir va friz zotlariga mansub 100 dan ortiq ot ishtirok etdi.

Paradda ot sporti bilan shug`ullanuvchi sportchilar, O`zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Patrul-post xizmati va jamoatchilik tartibini saqlash bosh boshqarmasi hamda Milliy gvardiya faxriy qorovul kavaleriya eskadroni bataloni otliqlari ishtirok etdi.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston tarixida ilk otliqlar paradi 8 iyul kuni bo`lib o`tgan edi.
















Asqar Yoqubov suratga olgan

    Boshqa yangiliklar