AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi to`yda aslida 400 kishi zaharlangani aniqlandi

'Qashqadaryodagi to`yda aslida 400 kishi zaharlangani aniqlandi'ning rasmi

Qarshida bo`lib o`tgan to`yda ko`plab odamlar zaharlangani haqida xabar bergandik. Ommaviy axborot vositalarida ularning soni bo`yicha turlicha faktlar berildi.

Jabrlanganlar yotgan viloyat infeksion kasalliklar shifoxonasi qabul bo`limidagi hamshira Shahzoda Eshmurodovaning xabar berishicha, so`nggi kunlarda kasalxonaga 400 nafar odam zaharlanishdan shikoyat qilib murojaat qilgan. Ammo ularning hammasi ham davolanish uchun yotib qolmagan, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.

Ko`pchilik jabrlanganlar o`zini nisbatan yaxshi his qilgani uchun kasalxonada yotishni istamagan, birinchi muolajalarni olib, qolganini uyda davom ettirish uchun qaytgan.

Shifoxona navbatchi shifokori Bahrom Shodiev bergan ma`lumotlarga ko`ra, ayni vaqtda kasalxonada yotganlarning oshqozonini tozalash ishlari davom ettirilmoqda. Jabrlanganlar orasida 25 nafar yosh bolalar ham bor.

Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur to`y bo`lib o`tgan “Baxtli oila“ to`yxonasi 600 kishigacha mehmonlarni qabul qilish imkoniyatiga ega. To`yda qatnashganlarning ma`lum qilishicha, o`sha kun to`yxona liq to`la bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar