"Foydalanishga yaroqsizligi aniqlangan avtomototransport vositalarini utilizasiya va qismlarini realizasiya qilishga doir chora-tadbirlar to`g`risida"gi Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasida Utilizasiyaga topshiriladigan avtomobil uchun imtiyozli kreditlar ajratish yo`lga qo`yilishi band sifatida ko`rsatilgan.
Xususan, "Asaka" AT bankiga Moliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda utilizasiyaga topshiriladigan avtomototransport vositalari egalari uchun imtiyozli kreditlar ajratish tartibi to`g`risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilingan.
Shuningdek, utilizasiyaga topshiriladigan avtomototransport vositalarini hududlarda qabul qilish tartibi yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritish nazarda tutilgan.






