AsosiyJamiyat

Toshkentda yong`inni aniqlovchi yuqori sezgirlikdagi kameralar o`rnatildi

'Toshkentda yong`inni aniqlovchi yuqori sezgirlikdagi kameralar o`rnatildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi respublika yong`in xavfsizligi xizmatiga innovasion texnologiyalarning tatbiq etilishini o`rgandi.

Sodir bo`lgan yong`inlarni tezlikda va telefon qo`ng`irog`i bo`lishidan avval aniqlash maqsadida, Toshkent shahrining 12 ta baland qavatli binolariga 14 ta yuqori sezgirlikdagi kameralar o`rnatildi.

Bugungi kunda Toshkent shahar IIBB Yong`in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markazida yong`in o`chirish samaradorligini, tezkorligini oshirishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqildi. Ushbu tizim dasturiy-texnik komplekslarni, avtomatlashtirilgan vositalarning tezkor monitoringini, kuch va vositalarning boshqarishni hamda mavjud va istiqbolli avtomatlashtirilgan tizimlarni o`z ichiga oladi.

Ayni vaqtda ushbu dasturni Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlari IIBlari Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markazlariga tatbiq qilish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Qayd etilgan viloyatlardagi yong`in o`chirish avtomobillari navigatorlar bilan jihozlangan bo`lib, ularning harakatini onlayn rejimida kuzatish mumkin.

Shu bilan birga, Toshkentda 12 ta baland qavatli binolarga va teleminoraga yuqori sezgirlikdagi, 360 darajadagi ko`rish burchagiga hamda ularni dispetcher ish joyidan boshqarish imkoniyatiga ega 14 ta IP kameralar o`rnatildi. Ushbu kameralar real vaqtda sodir bo`lgan yong`inlarni aniqlash va kuzatish imkonini beradi. Qisqa vaqt ichida ular olovning dastlabki bosqichida 20 dan ortiq yong`inni “101“ raqamiga qo`ng`iroqlardan oldin aniqlashga yordam berganini ta`kidlash joiz. Shuningdek, bunday kameralar Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida pilot rejimda o`rnatildi.

    Boshqa yangiliklar