AsosiyJamiyat

Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori​ Toshkentga keldi

'Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori​ Toshkentga keldi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inom Majidov Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori Xang Jung Suk boshchiligidagi delegasiya a`zolari bilan malakali kadrlar tayyorlash bo`yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, o`zaro tajriba almashishni yo`lga qo`yish masalalarini muhokama qildi.

Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi. Muzokaralarda Toshkent shahridagi Puchon universiteti faoliyatini kengaytirish, iqtisodiyotning real sektorlari talablaridan kelib chiqqan holda malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish masalalari ham atroflicha ko`rib chiqildi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi qarori bilan Toshkent shahrida Puchon universiteti tashkil etilgan bo`lib, 2018/2019 o`quv yilidan maktabgacha ta`lim va koreys tili yo`nalishlarida bakalavrlar tayyorlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar