AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyatida "Armiya va yoshlar" festivali o`tkazildi

'Farg`ona viloyatida "Armiya va yoshlar" festivali o`tkazildi'ning rasmi

Farg`onada Sharqiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya qo`mondonligi, O`zbekiston mudofaasiga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti vajamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda festival o`tkazildi.

Toshloq tumani markaziy o`yingohida tashkillashtirilgan ushbu festivalda 11000 nafardan ortiq yoshlar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev ham festival doirasida so`zga chiqib, yoshlarga kelajakdagi o`qishlarida muvaffaqiyat tiladi, harbiylarning yurtimiz tinchligi yo`lidagi xizmatlarini e`tirof etdi.

Festival doirasida ishtirokchilarga 50 dan ortiq turdagi harbiy texnika va qurol-yarog` namunalari, uzoqlikni aniqlash va mo`ljalga olish moslamalari, shuningdek, aloqa vositalari namoyish etildi.

Tadbirga tashrif buyurganlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun okrug harbiy orkestri tantanali konsert dasturini namoyish etgan bo`lsa, harbiy xizmatchilar qo`l jangi elementlari bilan ko`rgazmali chiqishlarni ko`rsatdi.

    Boshqa yangiliklar