Bugun Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumanida «O`ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sharifjon Tursunov ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda O`zA.
«Energiya resurslari: islohotlar davrida iqtisodiyot va iste`molchi madaniyatining muammolarini tahlil qilish» mavzuidagi mazkur anjumanda gaz narxlarining oshishi aniq emasligini ma`lum qildi.
«Gaz narxlarining oshishi aniq emas. Narxlar oshishini tasdiqlay olmayman. Qolaversa, gaz narxlarining ko`tarilishi yoki o`zgarishini «O`ztransgaz» hal qilmaydi. Bu bizning vakolatimizga kirmaydigan masala", - deya javob qildi Sh.Tursunov.






