AsosiyJamiyat

«Respublika yosh olimlarining innovasion loyihalari» grant tanlovi bo`lib o`tadi

'«Respublika yosh olimlarining innovasion loyihalari» grant tanlovi bo`lib o`tadi'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi «Respublika yosh olimlar Kengashi» nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan joriy yilning 1-noyabr sanasi respublikamiz Oliy ta`lim muassasalari, Ilmiy tadqiqot markazlarining bakalavriat, magistratura, doktoranturada tahsil olayotgan va mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 18-35 yoshdan oshmagan yoshlari o`rtasida start-up, innovasion va amaliy loyihalarini maqsadli qo`llab-quvvatlash, ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida «Respublika yosh olimlarining innovasion loyihalari» grant tanlovi bo`lib o`tishini ma`lum qiladi.

«Respublika yosh olimlarining innovasion loyihalari» grant tanlovi:

– Ijtimoiy-gumanitar fanlar;

– Tabiiy fanlar;

– Aniq fanlar yo`nalishlaridagi innovasion loyihalarni 2018-yil 25-oktyabr kuniga qadar Toshkent shahar, Qatortol ko`chasi, Ma`muriy hudud binosi 60 B-uy «Respublika yosh olimlar Kengashi»da qabul qiladi.

Grant loyihasi 6 oyga mo`ljallanib, tanlov natijasiga ko`ra har bir g`oliblar 10 000 000 (o`n million so`m) so`m mablag` bilan taqdirlanadi.

Tanlov haqida batafsil ma`lumotni http://yi.uz saytidan bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar