AsosiyJamiyat

Ozarbayjon tarixi va davlatchiligiga bag`ishlangan muzey ochildi

'Ozarbayjon tarixi va davlatchiligiga bag`ishlangan muzey  ochildi'ning rasmi

Poytaxtimizda joylashgan Geydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniy markazida "Ozarbayjon tarixi va davlatchiligi" nomli muzey ochildi. Ochilish marosimida markaz direktori, Ozarbayjon elchixonasining birinchi kotibi Samir Abbosov ozarbayjon xalqining madaniyati, boy tarixi, go`zal urf-odat va an`analari haqida nutq so`zlab, muzeyning ochilishi Ozarbayjon davlat mustaqilligining 27 yilligiga munosib tuhfa bo`lganini e`tirof etdi. Muzeyda namoyish etilayotgan Ozarbayjonni aks ettiruvchi fotoko`rgazma, shaharlarning maketlari, turli tuman eksponatlar tashrif buyuruvchilarni befarq qoldirmaydi.


    Boshqa yangiliklar