AsosiyJinoyat

Paxtaobodlik jinoyatchm Moskvada qo`lga olindi

'Paxtaobodlik jinoyatchm Moskvada qo`lga olindi'ning rasmi

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta`minlash bo`limi tomonidan qidiruvda bo`lgan jinoyatchi Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida qo`lga olindi. Bu haqda bo`lim boshlig`i M. Rahmonov xabar qilmoqda, deb yozmoqda "Andijonnoma" gazetasi.

Paxtaobod tumani xududida o`ziga oldindan tanish bo`lgan T.S.ga sof og`irligi 8,57 gramm bo`lgan “gashish” giyoxvandlik moddasini 140 ming so`m pul evaziga sotib o`tkazib, voqea joyida ushlangan, biroq tergov organlaridan noma`lum tomonga qochib yashiringanligi uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Paxtaobod tumani sudining 2011 yil 9 fevraldagi hukmiga asosan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi, 5-qismi bilan aybdor deb topilib, qidiruv e`lon qilingan 1972 yilda tug`ilgan, Paxtaobod tumanida yashovchi G.A 2018 yil avgust oyida Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlanndi.

Ayblanuvchi O`zbekiston Respublikasiga olib kelinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot choralari qo`llanilib, ushbu jinoyat ishi ko`rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo`yicha sud muhokamasiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar