Kecha, 3 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:44da O`zbekiston Respublikasi hududida er silkinishi qayd etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma`lum qilgan.
Zilzila episentri Toshkent shahridan 389 km uzoqlikda janubiy yo`nalishda O`zbekiston Respublikasi hududida qayd etildi (38,71 N, 66,09 E).
Zilzila magnitudasi M=3,6.
Zilzila chuqurligi N=30 km.
Zilzila kuchi Qarshi shahrida 3 ballni tashkil etgan.
Respublikaning boshqa hududlarida zilzila qayd etilmadi.
Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.






