AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonning barcha tumanida “Yoshlar sport haftaligi doirasida” sport musobaqalari bo`lib o`tmoqda

'Qoraqalpog`istonning barcha tumanida “Yoshlar sport haftaligi doirasida” sport musobaqalari bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasida 2018-yilning 1-6 oktyabr kunlari “Yoshlar sport haftaligi” deb e`lon qilindi.

“Yoshlar sport haftaligi” doirasida 2 oktyabr kuni shahar va tumanlarda 21 ta sport olimpiya va noolimpiya hamda milliy sport turlari: basketbol, qo`l to`pi, futbol, voleybol, stol tennisi, engil atletikaning yugurish, kurash, shashka, shaxmat, suzish, badiiy gimnastika, karate-do, o`zbek jang san`ati, dzyu-do, kikboksing, tosh ko`tarish, arqon tortish, taekvonda ITF va boks (3 ming 544 nafar yoshlar) bo`yicha targ`ibot va tashviqot hamda sport musobaqalari tashkil etildi va o`tkazildi.

Beruniy tumani “Jayxun” MFYda joylashgan mini-futbol o`yingohida o`rta maxsus va umum ta`lim maktabi o`quvchi-yoshlari o`rtasida sportning futbol turidan “Yoshlar kubogi” turniri, 59-sonli maktabda esa sportning stol tennis musobaqasi tashkil etilib, ularda 250 nafar yoshlar qatnashdi.

Kegeyli tumanidagi 14-sonli maktabda o`quvchi-yoshlar o`rtasida sportning stol tennisi turidan tuman birinchiligi o`tkazilib, 50 nafar yoshlar qamrab olindi.

Qorao`zak tumanidagi Bolalar va o`smirlar sport maktabi o`yingohida tumandagi umumta`lim maktabi o`quvchi-yoshlari o`rtasida sportning engil atletika turidan tuman birinchiligi tashkil etilib, unda 300 nafar yoshlar ishtirok etishdi.

Qo`ng`irot tumanidagi “Lokomotiv” o`yingohida ham engil atletika bo`yicha tuman birinchiligi bo`lib o`tdi.

Mo`ynoq tuman markazidagi maktablarda stol tennisi, shaxmat, voleybol, futbol sport turlari bo`yicha musobaqa tashkil etilib, 350 nafar yoshlar qamrab olindi.

Nukus tumanidagi Bolalar-o`smirlar sport maktabi o`yingohida sportning futbol turi bo`yicha musobaqa hamda 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabida sportning tennis turi bo`yicha turnir o`tkazildi. Sport tadbirlariga 350 nafar yoshlar jalb qilindi.

Taxiatosh tumanidagi 18-sonli umumta`lim maktabida stol-tennis musobaqasi, bolalar va o`smirlar sport maktabida sportning shaxmat turi bo`yicha tuman birinchiligi tashkil etildi. Sport tadbirlarida 100 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

To`rtko`l tumanidagi Industrial pedagogika kasb-hunar kollejida mahallalardagi uyushmagan yoshlar va kollej o`quvchi yigit-qizlari ishtirokida voleybol sport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa yakuniga ko`ra, To`rtko`l Bank kolleji “Bankirlar” jamoasi g`oliblikni qo`lga kiritdi. Sport musobaqasida 110 nafar yoshlar qatnashdi.

Xo`jayli tumanidagi Markaziy o`yingohda umumta`lim maktablari va kollej o`quvchilari o`rtasida sportning engil atletika(qisqa va o`rta masofaga yugurish, uzunlikka va balandlikka sakrash, estafeta) turi bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi. Sport musobaqasiga 400 nafar yoshlar jalb qilindi.

Chimboy tumanidagi 38-sonli umum ta`lim maktabida 2008-2009-2010 yil tug`ilgan qizlar o`rtasida sportning badiiy gimnastika turi bo`yicha Chimboy tuman birinchiligi bo`lib o`tdi. Sport musobaqasida 60 nafar yoshlar qamrab olindi.

Barcha musobaqa g`olib va ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg`alar bilan taqdirlandilar.

    Boshqa yangiliklar