Yamanda millionlab insonlar ochlikdan azob chekishmoqda, deya ma`lum qilmoqda RT.com nashri.
To`yib ovqat emaslik oqibatida, ayniqsa, bolalar o`rtasida turli kasalliklar kelib chiqmoqda. Al-Sadaka shifoxonasi hozirda surunkali va o`tkir yuqumli kasalikka chalingan bolalar bilan to`lgan. Ularning ayrimlari iflos suv ichishi oqibatida diareyaga chalingan. Shifokorlar esa kasalxona bo`sh joy qolmaganidan va murojaatlar soni tobora ortib borayotganidan tashvishda. Ma`lumotlarga ko`ra, hozirda 8 mingdan ortiq kishi ochlikdan azob chekmoqda.






