Boyovut tumanidagi “Boyovutlik Humoyun” fermer xo`jaligida birinchi terimdayoq 29,5 sentnerdan yuqori navli paxta hosili olindi. Xo`jalik rahbari Abdulla Begmatovning telefon orqali ma`lum qilishicha, hali dalasida yana 60 tonnadan ziyod hosil bor, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.
“O`tgan yili 9 dekabrda poytaxtimizda bo`lib o`tgan qishloq xo`jaligi xodimlari qurultoyida ishtirok etgan edim. Prezidentimiz ma`ruzasidagi erdan unumli foydalanish to`g`risida bergan ko`rsatmalari menda chigit ekishning 76 sxemasini qo`llash fikrini uyg`otdi. Va bu yil 44 gektarda ana shu usul asosida g`o`za parvarish qildik. Hisoblab ko`rsak, maydonimizga odatdagi ekishga nisbatan jami 6 gektarlikka teng ko`p ko`chat joylashtiribmiz. Va qo`shimcha 18 tonna qo`shimcha hosil olish imkoniyati ham paydo bo`libdi. Yana bir muhim jihat, mazkur usul xomaki hisob-kitoblarga ko`ra, daromadimizni 56 million so`mga ko`paytirishi ham kutilmoqda”, - deydi fermer xo`jaligi rahbari Abdulla Begmatov.
“Sirdaryoavtotexxizmat” MChJ mas`ul xodimi Alisher Nazarovning xabar berishicha, bugun viloyat rahbariyati tomonidan yuqori hosildorlik qayd qilingan “Boyovutlik Humoyun” fermer xo`jaligi rahbariga “Lasetti” avtomobili dala boshida tantanali ravishda topshirildi.






