AsosiyJamiyat

Yashash joyidan beriladigan ma`lumotnomalar bekor qilindi

'Yashash joyidan beriladigan ma`lumotnomalar bekor qilindi'ning rasmi

Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2018 yil 15 oktyabrdan davlat xizmatlari ko`rsatilishida fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:

  • shaxsning yashash joyi bo`yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini;
  • shaxsning ishsizligini;
  • bolani, yolg`iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • shaxsning tavsifnomasi.

Endilikda davlat xizmatlari ko`rsatish jarayonida shaxsning yashash joyi bo`yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini va uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlar zarur bo`lsa, mazkur ma`lumotlar davlat va xo`jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishincha Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan olinadi.

2020 yil 1 yanvardan davlat xizmatlarini ko`rsatish jarayonida oila tarkibi, qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi ma`lumotlar davlat va xo`jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan FHDYo organlaridan mustaqil ravishda olinadi.

    Boshqa yangiliklar