AsosiyJamiyat

Rossiyadan uchib kelgan yo`lovchi telefonida pornografik videolar borligi aniqlandi

'Rossiyadan uchib kelgan yo`lovchi telefonida pornografik videolar borligi aniqlandi'ning rasmi

"Sankt-Peterburg-Urganch" reysi bilan samolyotda uchib kelgan fuqaro R.N.ning telefoni bojxona nazoratidan o`tkazilganida telefon xotirasida 189 dona pornografik mazmundagi videolavhalar mavjudligi aniqlandi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti orqali “Sankt-Peterburg-Urganch” reysi bilan samolyotda uchib kelgan fuqaro R.N bojxona nazoratidan o`tishda “yashil” yo`lakdan harakatlanib kelayotganida bojxona xodimining e`tiboriga tushdi.

Uning uyali telefoni bojxona nazoratidan o`tkazilganida telefon apparati xotirasida 189 dona pornografik mazmundagi videolavhalar mavjudligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

DBQ ma`lum qilishicha, Xorazm viloyati bojxonachilari tomonidan 2018 yil o`tgan davri mobaynida 376 ta bojxona qoidabuzarlik holatlari aniqlangan bo`lsa, shundan 197 ta holatda sal kam 18 ming dona behayo mazmundagi materiallarni respublikaga kirib kelishi oldi olindi.

    Boshqa yangiliklar