Joriy yilning 5-7 oktyabr kunlari Toshkent viloyatining “Layner” tog`-kurort majmuasida “Nur terapiyasining zamonaviy yutuqlari va uning Markaziy Osiyodagi istiqbollari” bo`yicha Markaziy Osiyo radioonkologiya kongressi o`tkaziladi, deb xabar bermoqda O`zA.
Unda O`zbekiston, Germaniya, Rossiya, Gruziya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston nur terapiyasi, radioonkologiya sohasi bo`yicha etakchi mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.
Xorijlik mutaxassislar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo`lib, bu erdagi nur terapiyasi amaliyoti bilan yaqindan tanishadi. Sog`liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimiyatida o`tkaziladigan uchrashuvlarda O`zbekiston va Germaniya o`rtasida soha bo`yicha o`zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Ushbu tadbir doirasida ko`rgazma, xalqaro kompaniya va ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi ko`zda tutilgan.
05.10.2018 05:48
Ertaga Markaziy Osiyo radioonkologiya kongressi boshlanadi






