RF Favqulodda vaziyatlar vazirligining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, Rossiyaning Tver oblastida mikroavtobus va yo`nalishli avtobus o`rtasida YTH sodir bo`ldi. To`qnashuv oqibatida 13 kishi halok bo`ldi, 4 kishi og`ir tan jarohati oldi.
Ford Transit mikroavtobusi va LiAZ avtobusi o`rtasidagi to`qnashuv mahalliy vaqt bilan soat 7:40 da ro`y bergan.
Kadrlardan ko`rish mumkinki, mikroavtobusning yarmi yo`q bo`lib ketgan.
Halok bo`lganlarning shaxsi hozircha aniqlanmagan.






