1

Buxoroda «ishbilarmon» firibgar ayol ushlandi

Jinoyat 05.10.2018, 15:52
Buxoroda «ishbilarmon» firibgar ayol ushlandi

Buxoro shahrida firibgar ayol kirdikori oshkor etildi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

2018 yil 14 sentyabr kuni Quduqchi ko`chasida yashovchi M.M. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu yil 17 may kunidan 27 may kunigacha bo`lgan vaqt oralig`ida Vobkent tumanida yashovchi Sh.R. ismli ayol “Karvon” bozorida unga Sh.K., M.A. va M.Sh. ismli ayollarga tegishli umumiy qiymati 124 mln so`mlik zargarlik buyumlarini sotib berishini aytib, aldov yo`li bilan ishonchiga kirib, undan zargarlik buyumlarini olib ketganligini ma`lum qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Sh.R. qo`lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1