1

Xiva shahar hokimi o`rinbosari pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 08.10.2018, 11:44
Xiva shahar hokimi o`rinbosari pora bilan qo`lga tushdi

Xiva shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jaliklari masalalari bo`yicha o`rinbosari O.Sh. pora olayotganida ushlandi, deyiladi Xorazm viloyati IIB xabarida.

Fuqaro A.Z. qishloq xo`jalik mahsulotlarini quritish, qayta ishlash sexi va omborxonasi qurilishi uchun 1 000 kv.m. er uchastkasi ajratilishida yordam bergani uchun 2 000 AQSh dollari miqdorida pora talab qilayotgani to`g`risida hokim o`rinbosari ustidan shikoyat qilgan. 2018 yil 6 oktyabr kuni viloyat IIB JQB Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi va prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xiva shahri bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida, O.Sh. 2 000 AQSh dollarini pora tariqasida olayotganida, jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Xiva shahar hokimi o`rinbosari lavozimida ishlagan O.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, uning o`zi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1