Qashqadaryoda kelin keksa qaynonasiga jarohat etkazdi

Jinoyat 08.10.2018, 13:42
Qashqadaryoda kelin keksa qaynonasiga jarohat etkazdi

Qashqadaryo viloyatining G`uzor tumanida 2018 yil 7 oktyabr kuni Sovbog` qishlog`ida yashovchi O.Sh. uyi oldida turmush o`rtog`i S.N. (ismli ayol) bilan janjalashib qolgan. Oilaviy mojaroda S.N. ularni ajratmoqchi bo`lgan qaynonasi 83 yoshli M.T.ning oyog`iga tepib jarohat etkazgan.

Natijada M.T. kasalxonaga yotqizilgan. S.N. ushlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1