AsosiyJamiyat

O`zbekistonda jigarni ko`chirib o`tkazish murakkab operasiyasi o`tkazildi

'O`zbekistonda jigarni ko`chirib o`tkazish murakkab operasiyasi o`tkazildi'ning rasmi

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida murakkab jarrohlik amaliyotlaridan biri muvaffaqiyatli tarzda o`tkazildi. Bu haqda markazning Facebookʼdagi sahifasida ma`lum qilindi.

Markazda hindistonlik shifokorlar 34 yoshli bemorga tirik qarindosh-donorining jigar transplantasiyasini amalga oshirdi.

Jigar sirroziga chalingan farg`onalik bemorga uning 29 yoshli ukasi donor bo`ldi. Ushbu murakkab jarrohlik operasiyasi O`zbekistonda uchinchi marta o`tkazildi.

Qayd etilishicha, hozirda bemor va donorning ahvoli qoniqarli darajada.

    Boshqa yangiliklar