Toshkentda voyaga etmagan farzandini 15 mln so`mga sotgan fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 08.10.2018, 19:56
Toshkentda voyaga etmagan farzandini 15 mln so`mga sotgan fuqaro qo`lga olindi

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Olmazor tumani, Dilsaroy ko`chasida joylashgan kafe oldida tezkor tadbir o`tkazildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, fuqaro A.Q. o`zining 2013 yilda tug`ilgan voyaga etmagan farzandi B.Q.ni fuqaro M.A.ga 15 mln so`mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1