Nyu-Yorkda 35 yoshli reper Frenk Snayder otib qo`yildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Frenk Hollywood Play taxallusi ostida ijod qilar edi.
Tavern Lounge klubi yonida turgan reperning yoniga bir qora mashina keladi va o`sha tomonga qaratib, o`q uza boshlaydi. Oqibatda esa reper oyog`i va bo`ynidan o`q eb, vafot etadi. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






