Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Diego Maradona shu kunlarda mamlakatning eng ashaddiy giyohvandlarini sanab o`tdi, deb xabar qildi "Sovetskiy sport" nashri.
Diegoning so`zlariga qaraganda, bugun mamlakatda eng asosiy narkomanlar bu – yirik kompaniyalarning direktorlari va deputatlarning farzandlaridir.
“Kaminani kiftini keltirib tanqid qilishadi. Ammo-lekin yashirincha giyohvand moddalarni qabul qilishadi, gap faqat men haqimda emas, yirik kompaniyalarning direktorlari va deputatlarning farzandlari haqida ketyapti”, – deydi Maradona.






