AsosiyJamiyat

Navoiyda sodir bo`lgan YTH natijasida 7 kishi halok bo`ldi

'Navoiyda sodir bo`lgan YTH natijasida 7 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 10 oktyabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shu kuni soat 01: 20larda Karmana tumani hududidan o`tuvchi M-37 "Qiziltepa-Karmana" avtomobil yo`lining 188-km.da harakatlanib ketaetgan "Neksiya-2" rusumli avtomobil boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan "SHAANXI SX" rusumli yuk mashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan.

YTH natijasida 7 nafar fuqaro voqea joyida halok bo`lgan.

Halok bo`lgan fuqarolar:

1. G`afur Raxmatov, 1985 g. ©. («Neksiya» avtomobili haydovchisi).

2. Intizor Jo`raeva, 1986 g. ©. («Neksiya» avtomobili yo`lovchisi).

3. Zarnigor Jo`raeva, 1991 g. ©. («Neksiya» avtomobili yo`lovchisi).

4. Fayoz Shaxriyorov, 1987 g. ©. («Neksiya» avtomobili yo`lovchisi).

5. Asadbek G`ulomov, 2010 g. ©. («Neksiya» avtomobili yo`lovchisi).

6. Shoxrux G`ulomov, 2013 y.t. (“Neksiya” avtomobili yo`lovchisi).

7. Firdavs Sobirov, 2016 y.t. (“Neksiya” avtomobili yo`lovchisi).

Sodir bo`lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar