Kogonda uy xizmatkori o`zaro janjal oqibatida vafot etdi

Jinoyat 10.10.2018, 14:38
Kogonda uy xizmatkori o`zaro janjal oqibatida vafot etdi

Buxoro viloyatining Kogon shahrida noxuj voqea yuz berdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2018 yil 9 oktyabr kuni Qorovulbozor tumanida yashovchi K.A. mast holda tanishi D.R. (ismli ayol)ning uyida o`zaro janjal sabab shu uyda yollanib ishlovchi N.V. (ismli ayol)ning badanining turli joylariga urib-tepib jarohat etkazgan.

Natijada N.V. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

K.A. qo`lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1