Kecha, 14 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan 01:30 da O`zbekistonning g`arbiy qismida er silkinishi sodir bo`ldi, deya xabar beradi Evropa-o`rtaerdengizi seysmologiya markazi bergan ma`lumotlariga tayanib, uz24.uz nashri.
Rixter shkalasi bo`yicha 4,6 ballni tashkil etgan ushbu er silkinishining epimarkazi Toshkentdan g`arb tomonga 472 kilometr, Urganchdan sharqqa esa 259 uzoqlikda joylashgan. Chuqurligi esa 2 kilometrni tashkil etgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu zilzila oqibatida jabrlanganlar yo`q.





